Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashining yettinchi chaqiriq yigirma to‘qqizinchi sessiyasida sessiya ishini belgilangan tartibda tashkil etish maqsadida deputatlar orasidan sanoq komissiyasi tarkibi tasdiqlandi.
🗳 Deputatlar qarori bilan:
🔹 9–Mevali saylov okrugidan saylangan deputat Aliev Nozim – sanoq komissiyasi raisi;
🔹 12–Zarafshon saylov okrugidan saylangan deputat Abdimuratov Akram Xolikulovich – komissiya a’zosi;
🔹 24–Chortut saylov okrugidan saylangan deputat Bozorova Gulmira Baxodirovna – komissiya a’zosi etib saylandi.
🤝 Sanoq komissiyasi sessiyada ovoz berish jarayonlarining qonunchilik talablariga muvofiq, ochiq va xolis o‘tkazilishini ta’minlaydi.