Жаңалықлар

Oltinsoy tumanida “Yangi kun” kunduzgi qatnov asosida qarab turish xizmati yo‘lga qo‘yildi

“Bo‘ston” mahallasida tadbirkor Tovasharova Nargiza tomonidan tashkil etilgan “Nargiz Elenora” MCHJ negizida 18 yoshdan katta ruhiy holati buzilgan nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun kunduzgi parvarish markazi ish boshladi.

Markazda xizmat oluvchilarga kunduzgi parvarish, ijtimoiy moslashtirish, mustaqil hayot kechirish uchun zarur maishiy ko‘nikmalarni shakllantirish hamda ularning jamiyat hayotiga faol integratsiyalashuvini ta’minlashga qaratilgan ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatilmoqda.

Bugungi kunda markaz xizmatlaridan 7 nafar fuqaro foydalanmoqda. Kelgusida xizmat qamrovini kengaytirish va ehtiyojmand fuqarolar sonini bosqichma-bosqich oshirish rejalashtirilgan.

Bugun Oltinsoy tumani hokimi Otabek Mavlyanov va Xalq deputatlari tuman Kengashi 21-Xo‘jasoat saylov okrugidan deputat Hakimov Yusuf Muhammadiyevichlar mazkur markaz faoliyati bilan yaqindan tanishib, xizmat ko‘rsatish jarayonlari, yaratilgan shart-sharoitlar hamda fuqarolarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifatini ko‘zdan kechirdi.

Shuningdek, markaz faoliyatini yanada takomillashtirish, xizmatlar ko‘lamini kengaytirish va ularning sifatini oshirish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va tavsiyalar berdi.

Mazkur tashabbus nogironligi bo‘lgan shaxslarning hayot sifatini yuksaltirish, ularning ijtimoiy faolligini oshirish hamda oila a’zolariga amaliy ko‘mak ko‘rsatishda muhim ahamiyat kasb etadi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

Slide 1 of 10