Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

TOYLOQ TUMANIDA AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH BORASIDAGI ISHLAR AMALIY NATIJA BERMОQDA

✅Xalq deputatlari Toyloq tuman Kengashi deputati Farxod Sidiqov Bogʻizagʻon mahallasida faoliyat yuritayotgan ishlab chiqarish korxonasiga tashrif buyurdi.

✅Tashrif davomida hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, xususan aholini kambagʻallikdan chiqarish, fuqarolar bandligini ta’minlash hamda yangi ish oʻrinlari yaratish borasidagi ishlar oʻrganildi.

✅Mazkur korxonada mahallada mavjud boʻlgan 5 nafar ishsiz fuqaro doimiy ish bilan ta’minlanib, ularning daromad manbaini shakllantirishga erishildi.

✅Shuningdek, korxona faoliyati bilan yaqindan tanishilib, ishlab chiqarish jarayonlari, mehnat sharoitlari hamda aholi bandligini oshirishga qaratilgan istiqbolli rejalar muhokama qilindi.
Bizni kuzatib boring: 👇
|📲 Telegram | 💻Facebook