Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

#162_ta_Qonunlar_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi


Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati A.Narmuradov, O‘zXDP tuman kengashi raisi O.Avazov ishtirokida “Chinor” MFYdagi 22-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.

Nazorat-tahlil jarayonida muassasaning obodonlashtirish ishlari, moddiy-texnik ta’minoti, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim-tarbiya jarayonining sifati hamda infratuzilma holati atroflicha o‘rganildi.

Shuningdek, bolalar uchun xavfsiz va qulay muhit yaratish, ta’lim sifatini yanada oshirish hamda pedagog xodimlarni qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi va O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiya hamda takliflar bildirildi.

🕊Telegram💬Facebook 🌐E-kengash 📸Instagram ▶️YouTube

Slide 1 of 8