Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashi deputati N.Muminova hamda tuman bandlik bo‘limi boshlig‘i Z.Ziyodullayev "Yastepa" mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar holatini o‘rgandilar.
O‘rganish yo‘nalishlari:
Pillachilik: Xonadonlarda ipak qurti parvarishi va mavsumiy bandlik holati;
Tomorqa daromadi: Ekinlardan samarali foydalanish (kartoshka va boshqa mahsulotlar);
Muloqot: Aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha manzilli choralar.
Deputat nazorati doirasida mahalla drayverlarini rivojlantirish bo‘yicha mas’ullarga tavsiyalar berildi.
✅Bizni kuzatib boring: 👇
|📲 Telegram | 💻Facebook