Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

#24_masala

Toyloq tumani Xalq deputatlari Kengashi kotibiyati mudiri B. Xamrayev o‘z saylov okruglarida hamda "Talliota" mahallasida bo‘lib, aholi muammolarini o‘rgandi.

Xususan, fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan elektr ta’minotidagi uzilishlar hamda suv inshootlarining holati atroflicha ko‘zdan kechirildi. Mavjud muammolar joyiga chiqib o‘rganilib, mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi.

Aholini qiynayotgan masalalarni tizimli hal etish, infratuzilmani yaxshilash hamda mahallalarda munosib turmush sharoitini yaratish borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 4