✅Xalq deputatlari tuman Kengashining Qonuniylikni ta’minlash, korrupsiyaga qarshi kurashish va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
✅Yig‘ilish davomida Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilgan masalalar atroflicha ko‘rib chiqildi.
✅Jumladan, Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari tomonidan aholi murojaatlarini ko‘rib chiqish hamda ularning sessiyalarida davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha hisobot (axborot)larini eshitishni samarali tashkil etishning namunaviy tartibi to‘g‘risidagi masala muhokama qilindi.
✅Muhokamalar yakunida kun tartibidagi masala yuzasidan tegishli tavsiyalar ishlab chiqildi hamda uni navbatdagi sessiya muhokamasiga kiritish yuzasidan qaror qabul qilindi.