Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

Xalq deputatlari Marg’ilon shahar Kengashi deputatlarining hududdagi tashkilotlar, korxonalar va muassasalar bilan tizimli hamkorligini ta’minlash, aholi muammolarini joyida o‘rganish hamda ijrosini nazorat qilish maqsadida doimiy komissiya a’zolari sohaga oid tashkilotlarga biriktirildi.

Deputatlar o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha huquq-tartibot, ekologiya va kommunal soha, iqtisodiyot hamda ijtimoiy yo‘nalishdagi tashkilotlar bilan yaqindan hamkorlik olib boradilar.

Deputatlarning qaysi tashkilotlarga biriktirilgani haqidagi batafsil ma’lumot ilova qilingan infografikada keltirilgan.
Mazkur hamkorlik tizimi hududdagi muammolarni tezkor hal etish, tashkilotlar faoliyati ustidan deputatlik nazoratini kuchaytirish hamda shahar rivoji va aholi farovonligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 2