Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

Murojaat joyida o‘rganildi

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashining 14-Xamza saylov okrugi deputati A.Avazov o‘z saylov okrugi hududida istiqomat qiluvchi fuqaroning dehqonchilik faoliyati bilan bog‘liq murojaatini joyiga chiqib o‘rgandi.

O‘rganish davomida tomorqa yer maydonidan samarali foydalanish, ekinlarni sug‘orish, hosildorlikni oshirish hamda dehqonchilik faoliyatida uchrayotgan muammolar yuzasidan murojaatchi bilan suhbatlashildi.

Deputat tomonidan murojaatda ko‘tarilgan masalalarni hal etish yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish belgilandi.

Slide 1 of 4