▫️ 1 million aholini doimiy ish bilan ta'minlash va 4 million fuqaroning daromadlarini izchil oshirish.
▫️Mahallalarning ixtisoslashuvi (“drayver” sohalari) asosida biznes infratuzilmasini yaxshilash va loyihaviy boshqaruvni joriy etish.
▫️Usta-dehqonlarga xonadonlarni ixtisoslashtirgani uchun 2 mln so'mdan 75 mln so'mgacha subsidiyalar ajratiladi.
▫️Eski bog'larni yangilash, tomchilatib sug'orish va quduq qazish xarajatlarining 70 foizgacha qismi davlat tomonidan qoplab beriladi.
▫️“Ijtimoiy reyestr”dagi oilalarga uylarini isitish va energiya tejovchi derazalar o'rnatishda alohida yordam ko'rsatiladi.
▫️Chorvachilik va turizm mahallalarida 150 mln so'mgacha garovsiz kreditlar berish tizimi yo'lga qo'yiladi.
▫️Hududiy Kengashlarga “og'ir” mahallalar ro'yxatini tasdiqlash va mablag'larning manzilli ishlatilishini nazorat qilish hamda tuman Kengashlariga mahallalar kesimidagi oyma-oy maqsadli koʻrsatkichlarni muhokama qilish vakolati berildi.
▫️Norasmiy bandlikni legallashtirgan ish beruvchilar ma'muriy javobgarlikdan ozod etiladi va ularning reytingi oshiriladi.
▫️Natijadorlik: “og'ir” mahallalarda kambag‘allik 2 baravarga qisqartirilib, 33 ta shahar va tuman ishsizlikdan holi hududga aylantiriladi.
Bu qaror — har bir mahallada farovonlikni ta'minlash va inson qadrini yuksaltirish yo'lidagi navbatdagi muhim qadamdir !
✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati
🕊Telegram 💬Facebook 🌐E-kengash 📸Instagram ▶️YouTube 🌐 oltinsoy.uz