Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

Hududdagi mavjud holat o‘rganildi

Hududdagi mavjud holat o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi kotibiyati mudiri A. Avliyakulov hamda deputat Sh. Norsayev bilan birgalikda ko‘p qavatli uylarning ichki yo‘laklari (pod’ezdlari), yerto‘lalari, shuningdek, ular atrofidagi hududlarning tozaligi, sanitariya holati va yoritilish darajasi o‘rganildi.

O‘rganish davomida aholi uchun qulay va xavfsiz yashash sharoitlarini yaratish, hududlarda obodonlashtirish va sanitariya holatini yanada yaxshilash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga tegishli tavsiyalar va topshiriqlar berildi.

Hududlarni obod va ozoda saqlash, mavjud infratuzilmani yaxshilash borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 7