Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashi deputati mahalladagi muammolarni oʻrgandi

Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashidagi 12-Bunyodkor saylov okrugidan "Milliy tiklanish" demokratik partiyasidan saylangan Jumayeva Feruza Ruzikulovna "Mirsaid Bahrom" mahallasida boʻlib, aholi bilan yaqindan muloqot qildi.
Tashrif davomida deputat mahalladagi xotin-qizlar faoli bilan uchrashib, hududdagi ayollarning ijtimoiy-iqtisodiy holatini tahlil qildi. Xususan, "Ayollar daftari"ning 7-bosqichi doirasida rejalashtirilgan ishlar, xotin-qizlarni ish bilan taʼminlash, ularga huquqiy va psixologik yordam koʻrsatish masalalari atroflicha oʻrganildi.
Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash boʻycha tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

Slide 1 of 1