Tuman Kengash raisi tomonidan DMTT tar’iyalanuvchilariga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida tuman MMTB boshlig‘i nomiga deputatlik so‘rovi yuborildi
✅ Xalq deputatlari Boysun tuman Kengashi raisi B.Xaitov tomonidan tumandagi 10-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari uchun yanada qulay va xavfsiz shart-sharoitlar yaratish, ularning ta’lim-tarbiya jarayonini yaxshilash hamda moddiy-texnik bazani mustahkamlash maqsadida tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i nomiga deputatlik so‘rovi yuborildi.
✅ Mazkur deputatlik so‘rovida davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida mavjud muammolarni bartaraf etish, bolalar uchun zamonaviy va munosib sharoitlar yaratish hamda bu borada amaliy chora-tadbirlarni belgilash masalalari ko‘tarildi.
Kengash tomonidan ijtimoiy sohadagi muammolarni hal etish, aholi murojaatlarini ijobiy hal qilish va ta’lim muassasalari faoliyati ustidan deputatlik nazoratini kuchaytirish ishlari izchil davom ettirilmoqda.