Жаңалықлар

Mahalla infratuzilmasini yaxshilash masalasi o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Nosirov tomonidan “Shayxon” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan “Poyon” ko‘chasining boshlanish qismini ta’mirlash masalasi joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahalla faollari va fuqarolar bilan muloqot o‘tkazilib, mazkur ko‘cha holati, mavjud muammolar hamda piyodalar harakati uchun yaratilayotgan noqulayliklar muhokama qilindi.

Ko‘cha qoplamasining texnik holati ko‘zdan kechirilib, ta’mirlash ishlarini amalga oshirish imkoniyatlari yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

Fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar va takliflar asosida masalani tegishli tartibda ko‘rib chiqish hamda mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar belgilash yuzasidan kelishib olindi.

Aholi murojaatlariga e’tibor qaratish, hududlarda mavjud muammolarni joyida o‘rganish va ularni bosqichma-bosqich hal etish bo‘yicha ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Mazkur masala nazoratga olinib, uning ijrosi yuzasidan tegishli ishlar olib boriladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2