O‘rganish jarayonida mahallada olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy ishlar, aholi murojaatlari bilan ishlash holati hamda hududni obodonlashtirish va fuqarolarga yaratilayotgan sharoitlar atroflicha ko‘rib chiqildi.
Mazkur tadbirda Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri M.Xujanov, kotibiyat bosh mutaxassislari A.Esanov hamda I.Roziqov ishtirok etdilar.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar, ko‘rsatmalar hamda tushuntirishlar berildi.
Deputat xalq manfaatlari yo‘lida xizmat qiladi.
✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati