Жаңалықлар

Bandixon tumanida kambag‘allikni qisqartirish borasidagi vazifalar ijrosi o‘rganildi

Bandixon tumanida kambag‘allikni qisqartirish borasidagi vazifalar ijrosi o‘rganildi

✅O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 29-noyabrdagi “Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalarning bajarilishini nazorat qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-6-V-son Qarori ijrosini ta’minlash, tumanda aholi farovonligini oshirish va bandlik masalalarini tizimli hal etish maqsadida keng ko‘lamli o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

✅Shu munosabat bilan, Xalq deputatlari Bandixon tumani kengashi kotibiyati mudiri A.Pardayev hamda tuman hokimining birinchi o‘rinbosari D.Musurmonov hamkorligida mazkur qaror doirasida belgilangan vazifalarning tumandagi ijro holati atroflicha tahlil qilindi.

✅Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi faoliyati tahlili

✅O‘rganish ishlari davomida asosiy e’tibor tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i va bo‘lim xodimlarining faoliyatiga qaratildi. Xususan, quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar holati va natijadorligi ko‘zdan kechirildi:

✅"Kambag‘allikdan farovonlik sari" dasturi ijrosi: Tumandagi kam ta’minlangan va ehtiyojmand oilalarni xatlovdan o‘tkazish, ularning individual dasturlarini tuzish va kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar;

✅Aholi bandligini ta’minlash: Bo‘sh ish oringlarini aniqlash, ishsiz fuqarolarni, ayniqsa xotin-qizlar va yoshlarni doimiy hamda mavsumiy ishlarga joylashtirish ko‘rsatkichlari;

✅Tadbirkorlik va o‘zini o‘zi band qilish: Fuqarolarga tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun ajratilayotgan subsidiyalar, mehnat qurollari yetkazib berilishi va o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarga yaratilgan sharoitlar.

✅O‘rganish davomida tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘ining Senat Kengashi qarorida belgilangan ustuvor vazifalarni hayotga tatbiq etish borasidagi hisoboti va kelgusi rejalari tinglandi.

Slide 1 of 2