“Mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
✅ Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi B.K.Xaitov, kotibiyati xodimlari, Kengash deputatlari bilan birgalikda Poygaboshi mahallasida “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi. O‘rganishlar davomida mahallada aholi muammolarini bartaraf etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlar bandligini ta’minlash, xotin-qizlar bilan ishlash hamda huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
✅ Shuningdek, mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori va ijtimoiy xodim tomonidan olib borilayotgan ishlar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi. ✅ ✅✅ Aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish hamda aholi murojaatlari bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
✅ O‘rganishlar yakunida mahalladagi ijtimoiy muhitni yanada yaxshilash, fuqarolar muammolarini tizimli hal etish va “mahalla yettiligi” faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan amaliy chora-tadbirlar belgilab olindi.
Ma’lumot uchun: Poygaboshi MFYda 575 ta xonadon, 912 ta oila, 3436 nafar aholi istiqomat qiladi.
MFY raisi tashubbusi bilan joriy yilning o‘tgan davri mobaynida 5 ta ish o‘rni yaratilib fuqarolar ishga joylashtirilgan.
Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida elektron tizim orqali 11 ta ariza topshirilgan bo‘lib, shundan 3 tasi hokim yordamchisi tomonidan rad etilgan. 8 nafariga tavsiya berilgan.