Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi raisi
J.Babajanov tomonidan Katqal’a mahallasi hududda kriminogen vaziyat, jinoyatchilikni oldini olish hamda fuqarolar xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
🔹 Mahallada olib borilayotgan profilaktik tadbirlar tahlil qilindi
🔹 Jinoyatchilikni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi
🔹 Fuqarolar murojaatlari va mavjud muammolar yuzasidan fikr almashildi
💻 Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 15-apreldagi
“Kiberxavfsizlik to‘g‘risida”gi O‘RQ–764-sonli Qonuni ijrosi yuzasidan ham tahliliy o‘rganish olib borildi.
✅ Hududda axborot xavfsizligini ta’minlash, fuqarolarni kiberjinoyatlardan himoya qilish va profilaktik targ‘ibot ishlarini kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.