Жаңалықлар

🥗 Ta’lim muassasalarida ovqatlanish sifati va sanitariya holati nazorat qilinmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 472-sonli qarori ijrosini ta’minlash hamda umumta’lim maktablarida sog‘lom ovqatlantirish tizimini takomillashtirish maqsadida monitoring ishlari izchil davom ettirilmoqda.

🏫 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputatlari F.Navruzov, G.Dosova hamda Kengash kotibiyati xodimi U.Ruzmetov tomonidan Oq ko‘l mahallasida joylashgan 15-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘rganish ishlari olib borildi.

🍽 Monitoring davomida maktab oshxonasidagi sharoitlar, oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va saqlanish tartibi, shuningdek sanitariya-gigiyena me’yorlariga amal qilinishi atroflicha tahlil qilindi.

📌 O‘rganish yakunida mavjud holat yuzasidan tegishli tavsiyalar bildirildi hamda mas’ullarga zarur ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 2