Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputati Sh. Isamutdinov hamda mutaxassislar I. Ikromov va Z. Temirovalar tomonidan Arabxona MFYdagi ko‘p qavatli uylar liftlarining texnik holati o‘rganildi. Jarayonda liftlarning xavfsizlik talablariga muvofiqligi, texnik sozligi, sanitariya holati va aholiga yaratilgan qulayliklar ko‘zdan kechirildi.
O‘rganish davomida ayrim liftlarda profilaktik ta’mirlash ishlarini kuchaytirish zarurligi qayd etilib, mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi. Shuningdek, aholi bilan suhbat o‘tkazilib, liftlardan foydalanish jarayonida uchrayotgan muammolar va takliflar tinglandi.
Hududda xavfsiz va qulay sharoit yaratish borasidagi ishlar davom ettiriladi.
Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi axborot xizmati