Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

Mahalliy Kengashlar faoliyatida yangi samarali boshqaruv mexanizmlari joriy etilmoqda

Qonun bilan mahalliy vakillik organlari faoliyatiga qator muhim yangiliklar kiritilmoqda.

Mahalliy Kengashlarda Kengash raisi oʻrinbosari instituti joriy etiladi. U bir vaqtning oʻzida Kengash kotibiyati mudiri vazifasini ham amalga oshiradi.

Kengashlar faoliyatining uzluksizligini ta’minlash maqsadida Kengash Rayosati tashkil etiladi. Uning tarkibiga Kengash rahbariyati, doimiy komissiyalar va siyosiy partiya guruhlari rahbarlari kiradi.

“Kengash soati” instituti joriy etilmoqda. Endi deputatlar aholini qiynayotgan dolzarb masalalar yuzasidan mahalliy davlat organlari va mutasaddilardan tezkor javob olish imkoniyatiga ega boʻladilar.

Senatorlar ta’kidlaganidek, ushbu Qonun Prezidentning 2025-yil 23-iyundagi PF–98-sonli Farmoni ijrosini ta’minlashga xizmat qilib, “Kuchli Kengash – hisobdor hokim” tamoyilini amalda qaror toptirishda muhim qadam boʻladi.

Qonunning qabul qilinishi:
— mahalliy Kengashlar nufuzini oshirishga,
— vakillik nazorati ta’sirchanligini kuchaytirishga,
— hududiy muammolarni hal etish samaradorligini oshirishga,
— davlat hokimiyatida muvozanat va hisobdorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.