Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati R.Sodikova tashabbusi bilan iste’dodli qizlar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida qizlar o‘z iqtidori, bilim va ijodiy qobiliyatlarini namoyon etib, faol ishtirok etdilar.
Samimiy muloqot va qiziqarli chiqishlar tadbirga yanada ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi. ✨
Bu kabi uchrashuvlar yosh qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning iqtidorini rivojlantirish hamda jamiyat hayotidagi faolligini oshirishga xizmat qiladi.
Faol ishtirok etgan barcha qizlarga minnatdorchilik bildiramiz!
Birgalikda harakat qilsak, albatta natija bo‘ladi.
Siz ham bizni kuzatib boring!