Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

Aholi salomatligi — doimiy e’tiborda

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi raisi Yo. Mo‘minova hamda kotibiyat mudiri Q. Bobojonov Parchayuz oilaviy shifokorlik punktida olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari bilan yaqindan tanishdilar.

Mazkur tibbiyot muassasasi zamonaviy talablar asosida ta’mirlanib, yanada qulay va shinam ko‘rinish kasb etmoqda. Yangilanayotgan maskan mahallada istiqomat qiluvchi 3 500 nafardan ortiq aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishga xizmat qiladi.

✨ Ezgu maqsad — xalq salomatligini mustahkamlash va tibbiy xizmat sifatini yanada oshirish!

Slide 1 of 4