Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

DEPUTATLIK NAZORATI AMALGA OSHIRILDI

Shu maqsadda Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi deputati Jabborov Jamshid Adashovich tomonidan “KattaVaxshivor” mahalla fuqarolar yig‘inida o‘rganish ishlari olib borildi. 

O‘rganish jarayonida mahallada amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy ishlar, aholi bandligini ta’minlash,
tadbirkorlikni rivojlantirish, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash hamda hokim yordamchisi faoliyati samaradorligi yuzasidan tahlillar amalga oshirildi.
 

Mazkur deputatlik nazorati tadbirida Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi kotibiyati mudiri M. Xujanov
hamda kotibiyat bosh mutaxassislari A. Esanov va I. Roziqovlar ishtirok etdilar.
 

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar ishlab chiqildi. 

✍️Oltinsoy tumani Kengashi Kotibiyati Axborot xizmati  

Slide 1 of 5