Qahramon MFYdagi qurilish ishlari bilan tanishildi
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi kotibiyat mudiri A.Avliyakulov tomonidan Qahramon MFY hududida olib borilayotgan qurilish ishlari o‘rganildi.
O‘rganish davomida “Qahramon” MFY hududida barpo etilayotgan 330 o‘rinli yangi umumta’lim maktabi binosi hamda 12x24 o‘lchamdagi sport zalining qurilish jarayonlari bilan yaqindan tanishildi.
Hozirgi kunda qurilish ishlari belgilangan reja-grafik asosida davom etmoqda. Qurilish jarayonida muammolar mavjud emas, ishlar sifatli va jadallik bilan olib borilmoqda.
Mazkur obyekt foydalanishga topshirilgach, hududdagi yoshlarning zamonaviy sharoitlarda ta’lim olishi hamda sport bilan shug‘ullanishi uchun keng imkoniyatlar yaratiladi