Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati, tuman hokimi X.Abduvoxidov tegishli tashkilot rahbarlari bilan tumandagi 2-sonli umumta’lim maktabida bitiruvchi yoshlar va ularning ota-onalari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida bitiruvchi yoshlarning kelgusida oliy ta’limda o‘qishi, kasb-hunarga yo‘naltirilishi, kasbiy ta’lim olishi, tadbirkorlik sohasida faoliyat yuritishi hamda bandligini ta’minlash masalalari yuzasidan fikr almashildi
Shuningdek, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning qiziqish va intilishlarini ro‘yobga chiqarish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.