♻️Mazkur o‘rganishda Xalq demokratik partiyasi Zangiota tumani kengashi raisi N.Tulyaganova hamda tuman deputati G.Tursunovalar ishtirok etdilar.
♻️O‘rganish davomida maktab sport zali va stadionidagi jihozlar, maktab oshxonasida sotilayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining sifati, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi hamda kutubxonaning badiiy adabiyotlar bilan taʼminlanganlik darajasi ko‘zdan kechirildi.
♻️Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va sog‘lom avlodni tarbiyalash borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish yuzasidan mas’ullarga zarur tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
https://t.me/Zangiota_tuman_Kengashi