Жаңалықлар

🔰Davra suhbati o‘tkazildi.

🔸Xalq deputatlari shahar Kengashi deputati N.Usmonova yoshlar o‘rtasida sog‘lom dunyoqarashni shakllantirish, ularni turli yot g‘oyalar taʼsiridan asrash va maʼnaviy-maʼrifiy tarbiyani yana-da kuchaytirish maqsadida o‘tkazilgan davra suhbatida ishtirok etdi. Ushbu tadbir "Yoshlar orasida diniy radikallashuvning oldini olish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar" mavzusiga bag‘ishlandi.

🔻Tadbir doirasida quyidagi muhim masalalar muhokama qilindi:

▫️Yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va ularni ijtimoiy faol hayotga jalb qilish.

▫️Internet va ijtimoiy tarmoqlardagi yot g‘oyalarga qarshi immunitetni shakllantirish.

▫️Diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik tamoyillarini targ‘ib qilish.

🔸Deputat N.Usmonova tomonidan yoshlarning maʼnaviy tarbiyasi nafaqat taʼlim muassasalari, balki butun jamoatchilikning ustuvor vazifasi ekanligini taʼkidlab, bu boradagi hamkorlikni kuchaytirish yuzasidan takliflarini bildirdi.

Slide 1 of 3