Жаңалықлар

Deputat mahallada

 Mahalla va ayollar: E’tibor va amaliy ko‘mak
natijalari
 

14-Mintepa saylov okrug deputati B.Abduraxmonov
(«Adolat» SDP fraksiyasi a’zosi) tomonidan «Mingtepa» mahallasida xotin-qizlar
faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi.
 

O‘rganish davomida hududda ayollarning
ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini yaxshilash, ularni qo‘llab-quvvatlash borasida
tizimli ishlar olib borilayotgani kuzatildi.
 

«Ayollar daftari» — imkoniyatlar
kaliti
 

7-bosqich doirasida 30 yoshdan 55 yoshgacha bo‘lgan
104 nafar ehtiyojmand xotin-qizlar 5 ta toifa bo‘yicha ro‘yxatga olinib, ularga
manzilli yordam ko‘rsatilmoqda:
 

Bandlik: 55 nafar ishsiz ayoldan 8 nafarining bandligi
ta’minlandi. Umumiy hisobda mahalla bo‘yicha 27 nafar xotin-qiz ish bilan
ta’minlandi.
 

Tadbirkorlik: 1 nafar ayolga hokim yordamchisi
tomonidan imtiyozli kredit ajratildi.
 

Ijtimoiy himoya: 15 nafar nogironligi bor ayolga
tibbiy va psixologik yordam, 5 nafar ayolga huquqiy maslahatlar berildi.
 

Kasbga o‘qitish: 3 nafar ayol massaj yo‘nalishida
kasb-hunar maktabida tahsil oldi.
 

 Oila — muqaddas
dargoh
 

«Oqila ayollar» harakati va komissiya a’zolarining 2
oylik sa’y-harakatlari natijasida ajrim yoqasiga kelib qolgan 4 ta oila
yarashtirildi. Quvonarlisi, 2026 yilning dastlabki 4 oyi davomida «Mingtepa»
MFYda birorta ham ajrim qayd etilmadi.
 

Maqsadimiz — har bir ayolning jamiyatda o‘z o‘rnini
topishi va oilalar mustahkamligini ta’minlashdir.