Жаңалықлар

Ag‘ron mahallasida dolzarb masalalar muhokama qilindi

🔹 Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati N.Norkarayev tumandagi Ag‘ron mahallasida bo‘lib, mahallada faoliyat olib borayotgan “Mahalla yettiligi” a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

🔹 Uchrashuv davomida mahallada mavjud ijtimoiy-iqtisodiy muammolar, aholini qiynayotgan dolzarb masalalar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy takliflar atroflicha muhokama qilindi. Xususan, infratuzilmani yaxshilash, aholi bandligini ta’minlash, kommunal xizmatlar sifatini oshirish kabi yo‘nalishlarda fikr almashildi.

🔹 Deputat N.Norkarayev tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda bosqichma-bosqich hal etilishi ta’kidlandi.

🔹 Uchrashuv yakunida mahalladagi mavjud muammolarni tizimli ravishda bartaraf etish, aholi farovonligini oshirishga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilishi kelishib olindi.

Slide 1 of 3