Yunusobod tumanida favqulodda vaziyatlar bo‘yicha ishlar tahlil qilindi
Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan Yunusobod tumani Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish borasida 2026-yil 1-choragi davomida amalga oshirgan ishlari hamda mavjud muammolari o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida tumanda favqulodda vaziyatlarning oldini olish, aholi xavfsizligini ta’minlash, yong‘in va texnogen xavflarning profilaktikasi, shuningdek, hududlarda targ‘ibot va tushuntirish ishlari olib borilganligi qayd etildi.
Shu bilan birga, sohada mavjud ayrim muammo va kamchiliklar, ularni bartaraf etish bo‘yicha zarur choralar ham muhokama qilindi. Doimiy komissiya tomonidan mutasaddilarga tegishli tavsiya va takliflar berilib, bu boradagi ishlarni yanada kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.
Bizni kuzatishda davom eting!
🌐 Telegram