Жаңалықлар

DEPUTATLIK NAZORATI AMALDA

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Z.Mengnarova va kotibiyat bosh mutaxassi I.Roziqovlar ishtirokida “Qorliq” mahallasida amalga oshirildi.

O‘rganishda mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan olib borilayotgan ishlar tashkil etilgan tadbirlar samaradorligi, yoshlar bandligini ta’minlash borasidagi ishlar holati atroflicha tahlil qilindi.

Yakuniy xulosalar asosida mas’ullarga mavjud muammolarni bartaraf etish, yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda bandligini oshirish yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

Slide 1 of 5