Жаңалықлар

Aholi murojaatlari e’tibor markazida

Aholi murojaatlari e’tibor markazida

Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi deputati Iqbolxon Ashrapova Billur mahallasida mahalla yettiligi va aholi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida hududdagi mavjud muammolar, aholini qiynayotgan masalalar, mahallada olib borilayotgan ishlar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi. Shuningdek, fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

Mazkur uchrashuv mahalla yettiligi bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash, aholi bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish hamda hududdagi dolzarb masalalarni joyida o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Bizni kuzatishda davom eting!

🌐 Telegram

Slide 1 of 1