Жаңалықлар

Hududdagi dolzarb masalalar muhokama qilindi

Hududdagi dolzarb masalalar muhokama qilindi

Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi deputati Yuldashbek Ibragimov tomonidan Qo'shchinor mahallasida joylashgan Yunus ota jome masjidi imom-xatibi hamda mahalla faollari ishtirokida hududdagi mavjud muammolar yuzasidan suhbat o‘tkazildi.

Muloqot davomida mahalladagi dolzarb masalalar muhokama qilinib, ularni bartaraf etish bo‘yicha taklif va mulohazalar bildirildi. Ayniqsa, yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, shuningdek, targ‘ibot-tashviqot ishlarini yanada kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Suhbat davomida bu boradagi hamkorlikni mustahkamlash, yoshlarni to‘g‘ri yo‘lga yo‘naltirish va mahallada sog‘lom ijtimoiy muhitni shakllantirish yuzasidan fikr almashildi.

Bizni kuzatishda davom eting!

🌐 Telegram

Slide 1 of 1