Жаңалықлар

Kengash_faoliyati

DEPUTAT VA SAYLOVCHI: AMALIY MULOQOT VA NATIJA

✅Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi deputatlarining o‘z saylovchilari bilan uchrashuvlari tizimli ravishda davom etmoqda. Navbatdagi ochiq muloqot 7-"Chinor" saylov okrugi deputati U.Jumayev hamda tuman Kengashi kotibiyati xodimi B.Qurbonov ishtirokida "Chinor" mahallasida bo‘lib o‘tdi.

✅Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad — aholining dardu tashvishlarini tinglash, mahalla ahlining turmush sharoitini yaxshilash borasidagi takliflarini o‘rganishdir.

✅Uchrashuv ochiq muloqot ruhida o‘tib, unda quyidagilarga e’tibor qaratildi:

🔹 Mahalladagi ichki yo‘llar va elektr ta’minoti holati;

🔹 Aholi bandligini ta’minlash va tadbirkorlikka ko‘maklashish;

🔹 Saylovchilar tomonidan bildirilgan shaxsiy va jamoaviy murojaatlar.

✅Fuqarolar o‘zlarini qiynayotgan masalalar yuzasidan deputatga yuzlandilar. Har bir murojaat sinchiklab o‘rganilib, ijrosi yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

✅"Deputat — xalq va davlat o‘rtasidagi ko‘prikdir. Bizning vazifamiz saylovchilar ishonchini oqlash va har bir muammoga yechim topishdan iborat," — deya ta’kidladi uchrashuvda U.Jumayev.

✅Uchrashuv yakunida ko‘tarilgan muammolarning aksariyati joyida hal etildi, muddat talab qiladigan masalalar bo‘yicha esa deputatlik so‘rovi chiqarish yuzasidan kelishib olindi.

Slide 1 of 2