Deputat tomonidan fuqarolarga oilaviy ajrimlarning oldini olish va to‘y marosimlarini ixchamlashtirish bo‘yicha tushunchalar berildi
️Deputat tomonidan yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazilib, oilaviy ajrimlarning oldini olish, oila mustahkamligini ta’minlash hamda to‘y va marosimlarni ixcham va kamxarj o‘tkazish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.
Uchrashuv davomida oiladagi o‘zaro hurmat, muloqot madaniyati, iqtisodiy mas’uliyat, farzand tarbiyasi hamda nizoli vaziyatlarni bartaraf etish yo‘llari haqida tavsiyalar berildi.
Shuningdek, ortiqcha dabdababozlikning oldini olish, marosimlarni belgilangan tartibda o‘tkazish, mahalla va jamoatchilik bilan hamkorlikni kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.
Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi!