Deputat tomonidan tumandagi ixtisoslashgan maktabning issiqlik tizimi o‘rganildi
Deputat tomonidan tumandagi ixtisoslashgan maktabda mavjud issiqlik tizimlari, ularning holati va ishlash samaradorligi o‘rganildi. O‘rganish jarayonida binoning isitish quvurlari, qozonxona faoliyati, harorat nazorati, o‘quv xonalarining qish mavsumiga tayyorgarligi hamda mavjud kamchiliklar bo‘yicha mutasaddilarning axboroti tinglandi.
Shuningdek, issiqlik tizimini yaxshilash, energiya tejamkor usullarni joriy etish va o‘quvchilarga qulay sharoit yaratish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi!