Yunusobod tumanida “Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” doirasida mahallalarda kommunal sohada olib borilayotgan ishlar, ijro intizomi hamda O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligini keng nishonlashga bag‘ishlangan muhim yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yunusobod tumani Xalq deputatlari Kengashi deputati, tuman hokimi A. Saidaliyev hamda tuman prokurori Y.Abdurahmonov boshchiligida o‘tkazilgan yig‘ilishda tumanimizdagi barcha 64 ta mahalla yettiligi ishtirok etdi. Unda hududlarda aholi uchun qulay sharoitlar yaratish, kommunal masalalarni o‘z vaqtida hal etish va bayram tadbirlarini yuqori saviyada tashkillashtirish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatma hamda topshiriqlar berildi.
Bizni kuzatishda davom eting!