“Gulzor” saylov okrugida sport inshootlari va bolalar maydonchasi o‘rganildi
📌 Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalar asosida Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining 12-“Gulzor” saylov okrugi deputati To‘rabek Nazarov tomonidan Gulzor MFY hududidagi aholi va bolalar uchun mo‘ljallangan sport inshootlari hamda bolalar maydonchalarining holati o‘rganildi.
🏃♂️ O‘rganish davomida mahallada bolalar va yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sport bilan shug‘ullanishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi. Jarayonda kotibiyat bosh mutaxassisi U.Shopotixov va mahalla faollari ishtirok etdi.
🛠 Shuningdek, Gulzor MFY hududidagi ko‘p qavatli uy oldida joylashgan bolalar maydonchasini ta’mirlash ishlari boshlandi. Mazkur ishlar hudud aholisi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.
🤝 Deputat tomonidan bolalar maydonchasini yanada obod va foydalanish uchun qulay holatga keltirish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda aholiga munosib sharoit yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🌳 Bunday amaliy ishlar mahallalarda obodonlashtirish, bolalar va yoshlar uchun qulay muhit yaratish hamda aholining tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.
👇 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!