“Turk-qo‘rg‘on” mahallasida xotin-qizlarni xatlovdan o‘tkazish masalalari yuzasidan suhbat o‘tkazildi.
🇺🇿Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati Kashkarov Oleg Romanovichga biriktirilgan kotibiyat bosh mutaxassisi Z.Aliyeva tomonidan “Turk-qo‘rg‘on”mahallasi raisi bilan suhbat o‘tkazilib, mahallada 0 yoshdan 100 yoshgacha bo‘lgan xotin-qizlarni xatlovdan o‘tkazish ishlarining ahamiyati muhokama qilindi.
➖Xatlov jarayonida har bir xonadondagi qizlar va ayollarning turmush sharoiti, ijtimoiy holati, mavjud muammolari va ehtiyojlarini «oilabay» o‘rganish, yordamga muhtoj xotin-qizlarni aniqlash hamda ularga manzilli ko‘mak ko‘rsatish muhimligi ta’kidlandi.
🔹Shuningdek, ishsiz yoki kasb-hunarga ega bo‘lmagan xotin-qizlarni aniqlash, ularning bandligini ta’minlash, zarur hollarda ijtimoiy, tibbiy, psixologik va moddiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha choralarni kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🤝Suhbat yakunida mahallada xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va har bir murojaat bo‘yicha manzilli yondashuvni ta’minlash yuzasidan hamkorlikni davom ettirishga kelishib olindi.
Bizni kuzatishda davom eting!