#deputat #hududda
Deputat saylov okrugida fuqarolar bilan uchrashdi
📍 Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashi kotibiyati mudiri B. Baxovadinov hamda tuman Nuroniylar jamg‘armasi mas’ul xodimi hamkorligida “Uyg‘ur” MFY hududida navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.
📋O‘rganishlar davomida deputatlik okrugi hududidagi “Uyg‘ur” MFY hamda “Yoshlik” ko‘chalarining ko‘cha boshilari bilan uchrashuv o‘tkazilib, hududdagi mavjud muammolar va fuqarolarni qiynayotgan masalalar muhokama qilindi.
📋Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar deputatning saylovchilar muammolarini ko‘chama-ko‘cha o‘rganish daftariga qayd etildi.
📋Aniqlangan muammolarni tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish, murojaatlarning ijrosini nazoratga olish hamda amaliy choralar ko‘rish belgilandi.
✅Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube