35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
“Gulzor” MFYda huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha ishlar o‘rganildi
янв.21
"Eski shahar" MFY mahalla fuqarolar yig‘inida yoshlar bilan ishlash samaradorligi ko‘rib chiqildi
янв.21
Ziyokor MFYda aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
GULZOR MFY HUDUDIDA OBODONLASHTIRISH VA TOZALIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
AHOLI BILAN MULOQOT: IJTIMOIY KO‘MAK VA MUROJAATLAR O‘RGANILDI
янв.21
“ZIYOKOR” MFY HUDUDIDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
22-SONLI MAKTABDA YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
HUDUDDA DEPUTATLIK O‘RGANISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
MAMLAKATIMIZDA EKOLOGIK BARQARORLIKNI TA’MINLASHDA PARLAMENTNING ROLI
янв.21
TABIATNI MUHOFAZA QILISH — BARCHAMIZNING BURCHIMIZ!
Biriktirilgan tashkilotda hamkorlik yo'nalishlari hamda Qonun ijrosi yuzasidan muhokamalar o'tkazildi

#162_ta_Qonun
#biriktirilgan_tashkilot
#deputat_faoliyati
#kotibiyat_mudiri_faoliyati
#Haftalik_ish_reja_19¹_modda-ijrosi
#nazorat_tahlil

Biriktirilgan tashkilotda hamkorlik yo'nalishlari hamda Qonun ijrosi yuzasidan muhokamalar o'tkazildi

Xalq deputatlari tuman Kengashiga 10-Yetimqum saylov okrugidan saylangan deputat, tuman Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi B.Ochildiyev hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri K.Muhammadiyev deputatga biriktirilgan tashkilot — Qiziriq tumani soliq inspeksiyasida bo‘lib, tashkilot rahbari va xodimlari bilan birgalikda deputatlik hamkorligi yo‘nalishidagi masalalarni muhokama qildilar.

Uchrashuv davomida deputatlik vakolati doirasida hamkorlikdagi ishlarni amalga oshirish, jamoatchilik nazoratini tashkil etish, doimiy komissiyalar rejalariga muvofiq nazorat-tahlil tadbirlarini o‘tkazish, shuningdek, biriktirilgan soha bo‘yicha mavjud muammolar hamda qonunchilikni takomillashtirishga oid takliflarni shakllantirish va taqdim etib borish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi hamda “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, 1997-yil 29-avgustdagi 474-I-son ijrosi yuzasidan tayyorlangan savolnoma asosida o‘rganish olib borildi.
O‘rganish jarayonida soliq qonunchiligi talablarining bajarilishi, belgilangan vazifalar ijrosi hamda soliq inspeksiyasi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar holatiga e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha Soliq kodeksi va qonun ijrosi holati yaxshi baholanib, Qiziriq tumani soliq inspeksiyasining faoliyati qoniqarli deb topildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 2