“ZIYOKOR” MFY HUDUDIDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
📍 Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Ibaydullo Mamajanov mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi asosida “Ziyokor” MFY hududida o‘rganish ishlari olib borildi.
🔎 O‘rganish davomida mahallada aholi, ayniqsa, bolalar uchun mo‘ljallangan sport inshootlari, sport maydonchalari, parklar, xiyobonlar va bog‘larning holati ko‘zdan kechirildi.
⚽️ Sport inshootlarining saqlanishi, ulardan foydalanish uchun yaratilgan shart-sharoitlar, hududlarning obodonligi hamda aholining mazmunli hordiq chiqarishi uchun mavjud imkoniyatlarga alohida e’tibor qaratildi.
🌳 Shuningdek, park, xiyobon va bog‘larning sanitariya-obodonlashtirish holati, yashil hududlarni asrash va parvarishlash ishlari ham o‘rganildi.
🤝 O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalarni bartaraf etish, hududlarni yanada obodonlashtirish hamda aholi va bolalar uchun qulay sharoitlarni yaxshilash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
✨ Yosh avlodning sog‘lom va faol hayot tarzini qo‘llab-quvvatlash, aholi uchun munosib dam olish va sport bilan shug‘ullanish sharoitlarini yaratish — doimiy e’tibordagi muhim vazifalardan biridir.
⚡️ Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!