Zangiota tumani hokimi — xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Erkin Rustamov o‘z saylov okrugida fuqarolar murojaatlari bo‘yicha navbatdagi qabul o‘tkazdi.
🔰Qabul davomida fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masalalar mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ishtirokida atroflicha ko‘rib chiqildi.
🔰Murojaatlar yuzasidan fuqarolarga amaldagi qonunchilik talablari asosida huquqiy tushuntirishlar berilib amaliy yordam ko‘rsatilmoqda.
🔰Shuningdek, mas’ullarga murojaatlarda ko‘tarilgan muammolarni ijobiy hal etish yuzasidan aniq topshiriqlar berildi hamda ularning ijrosi nazoratga olindi.
📌Fuqarolar murojaati — e’tibor va mas’uliyat mezoni. Har bir murojaatni o‘z vaqtida, qonuniy va sifatli hal etish, aholi muammolariga amaliy yechim topish — ustuvor vazifalardan biridir.