Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati F. Seydabdullayeva hamda Kengash Ekspert guruhi mas’ul kotibi P. Rahmonov Obod mahallasidagi Hazorasp ko‘chasining 0,55 km qismida dastur asosida amalga oshirilgan ishlarni joyiga chiqib o‘rgandilar.
🏘️ O‘rganish jarayonida ko‘cha infratuzilmasining holati, amalga oshirilgan ishlarning belgilangan dasturga muvofiqligi hamda hudud aholisi uchun yaratilayotgan qulayliklar ko‘zdan kechirildi.
📌 Bunday o‘rganishlar hududlarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlarining sifatli bajarilishini ta’minlash hamda aholi manfaatlarini himoya qilishga xizmat qiladi.