35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Ziyokor MFYda aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
GULZOR MFY HUDUDIDA OBODONLASHTIRISH VA TOZALIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
AHOLI BILAN MULOQOT: IJTIMOIY KO‘MAK VA MUROJAATLAR O‘RGANILDI
янв.21
“ZIYOKOR” MFY HUDUDIDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
22-SONLI MAKTABDA YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
HUDUDDA DEPUTATLIK O‘RGANISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
MAMLAKATIMIZDA EKOLOGIK BARQARORLIKNI TA’MINLASHDA PARLAMENTNING ROLI
янв.21
TABIATNI MUHOFAZA QILISH — BARCHAMIZNING BURCHIMIZ!
янв.21
QONUN — MADANIY FAOLIYAT VA MADANIYAT TASHKILOTLARI FAOLIYATINING HUQUQIY ASOSI
янв.21
BOLALAR XAVFSIZLIGI VA QULAY SHAROIT — DEPUTAT E’TIBORIDA
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

📚 “Iste’mol krediti to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganiladi

Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyatida O‘zbekiston Respublikasining “Iste’mol krediti to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini joylarga chiqib o‘rganishga tayyorgarlik ishlari olib borildi.
🔎 Qonun ijrosini tizimli o‘rganish maqsadida qonun talablari asosida 10 ta savoldan iborat maxsus so‘rovnoma ishlab chiqilib, o‘rganish obyektlari belgilab olindi.
📋 So‘rovnomada iste’mol kreditlarini ajratish shartlari, fuqarolarga kredit haqida to‘liq va haqqoniy axborot berilishi, kredit shartnomalarining qonuniyligi, foiz va qo‘shimcha to‘lovlar, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, murojaatlar hamda muammoli qarzdorlik kabi muhim masalalar qamrab olingan.
👥 Mas’ullar:
🔹 X. Xojidinov — Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar bo‘yicha doimiy komissiya raisi o‘rinbosari;
🔹 Sh. Xo‘janazarov — Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi.
🤝 Yig‘ilishda tuman Adliya bo‘limi boshlig‘i R. Berdiyev, deputatlar M. Madarqulov, N. Himmatova, I. Nuriddinov, K. Xashimova, shuningdek, tegishli tuman tashkilotlari, jumladan, soliq va bank tizimi vakillari hamda Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati xodimlari ishtirok etdi.
📍 Navbatdagi bosqichda belgilangan obyektlarga joyiga chiqqan holda, ishlab chiqilgan so‘rovnoma asosida qonun ijrosi o‘rganiladi.
🎯 Asosiy maqsad — qonun talablarining amalda qay darajada ta’minlanayotganini aniqlash, mavjud muammolarni o‘rganish va ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqish.
📌 Keyingi postlarimizda joylarga chiqib o‘rganish jarayoni va aniqlangan holatlar haqida batafsil ma’lumot berib boramiz.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.

Slide 1 of 3