35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
AHOLI BILAN MULOQOT: IJTIMOIY KO‘MAK VA MUROJAATLAR O‘RGANILDI
янв.21
“ZIYOKOR” MFY HUDUDIDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
22-SONLI MAKTABDA YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
HUDUDDA DEPUTATLIK O‘RGANISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
MAMLAKATIMIZDA EKOLOGIK BARQARORLIKNI TA’MINLASHDA PARLAMENTNING ROLI
янв.21
TABIATNI MUHOFAZA QILISH — BARCHAMIZNING BURCHIMIZ!
янв.21
QONUN — MADANIY FAOLIYAT VA MADANIYAT TASHKILOTLARI FAOLIYATINING HUQUQIY ASOSI
янв.21
BOLALAR XAVFSIZLIGI VA QULAY SHAROIT — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLARDA TOM QISMLARI TA’MIRLANMOQDA
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Dilorom Axmedova tomonidan fuqarolarning murojaatlari yuzasidan navbatdagi qabul o‘tkazildi.
Mahalla boshqaruvi yangi bosqichda: "Do‘stlik" mahallasida PF–116-sonli Farmon ijrosi va faollar faoliyati muhokama qilindi!

🗣Termiz shahrida mahalla boshqaruv tizimini tubdan isloh qilish, "mahalla yettiligi" faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish, aholi muammolarini joyida hal etish hamda deputatlarning o‘z saylov okruglaridagi faolligini oshirish borasidagi amaliy muloqotlar izchil davom etmoqda.

⏺Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibyatining haftalik ish rejasi ijrosi yuzasidan Kengashining "10-Do‘stlik" saylov okrugi deputati S.Xodjayeva hamda kotibiyat bosh mutaxassisi A.Temirovlar shahardagi “Do‘stlik” mahallasida bo‘ldilar.

💬Mas’ullar mahalla raisi, bugungi kunda hududda amalga oshirilayotgan ishlar, yuzaga kelayotgan muammolar va aholi murojaatlari bilan ishlash holati yuzasidan atroflicha suhbat o‘tkazdilar.

Suhbat davomida asosiy e’tibor O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-iyundagi “Mahalla boshqaruvini samarali tashkil etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–116-sonli Farmoni ijrosini "Namuna" mahallasi miqyosida samarali ta’minlash choralariga qaratildi.
Muloqot davomida mazkur tarixiy Farmon orqali mahalla boshqaruvi butunlay yangi sifat bosqichiga olib chiqilgani, barcha ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar mahallada joriy etilishi hamda barcha mas’ullar bevosita xonadonbay yurishi lozimligi tushuntirildi:
"Mahalla yettiligi" integratsiyasi: Mahalla raisi, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi va ijtimoiy xodimning o‘zaro hamkorlikda xonadonbay yurish samaradorligini oshirish;
Aholi muammolarini erta aniqlash: Kam ta'minlangan oilalarni kambag'allikdan chiqarish, ishsizlar bandligini ta’minlash hamda ijtimoiy-ma'naviy muhitni barqaror saqlash.
"Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan ushbu Farmon 'mahalla yettiligi' va faollariga juda katta ishonch, shu bilan birga ulkan mas'uliyat yuklaydi. Mahalladagi har bir mas’ul xodim qog‘ozbozlik va quruq hisobotlar ortidan quvmasdan, aholining real muammolariga yechim topishi shart. Deputatimiz M.Sidiqova bilan birgalikda 'Namuna' mahallasini har tomonlama obod va xavfsiz hududga aylantirish yo'lida barcha imkoniyatlarimizni safarbar etamiz," — deya ta'kidladi Kengash raisi.
Uchrashuv yakunida "Namuna" mahallasi faollariga PF–116-sonli Farmonda belgilangan vazifalarni amaliyotda to‘g‘ri va samarali tashkil etish, aholi murojaatlari bilan ishlashda ochiqlik va tezkorlikni ta'minlash hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan aniq tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 2