35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
“Gulzor” MFYda huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha ishlar o‘rganildi
янв.21
"Eski shahar" MFY mahalla fuqarolar yig‘inida yoshlar bilan ishlash samaradorligi ko‘rib chiqildi
янв.21
Ziyokor MFYda aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
GULZOR MFY HUDUDIDA OBODONLASHTIRISH VA TOZALIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
AHOLI BILAN MULOQOT: IJTIMOIY KO‘MAK VA MUROJAATLAR O‘RGANILDI
янв.21
“ZIYOKOR” MFY HUDUDIDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
22-SONLI MAKTABDA YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
HUDUDDA DEPUTATLIK O‘RGANISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
MAMLAKATIMIZDA EKOLOGIK BARQARORLIKNI TA’MINLASHDA PARLAMENTNING ROLI
янв.21
TABIATNI MUHOFAZA QILISH — BARCHAMIZNING BURCHIMIZ!
Kichik Hirmontepa mahallasida fasad ta’mirlash ishlari amalga oshirildi

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining 22-"Mehrjon" saylov okrugi deputati Tuganbekov Oybek Baxrombekovich faoliyat yuritayotgan hududdagi Kichik Hirmontepa mahallasida aholi murojaatlari asosida ko‘p qavatli uy-joy fondining tashqi qiyofasini yaxshilash va hududni yanada obod etishga qaratilgan ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.

Jumladan, mahalladagi 63–65-sonli ko‘p qavatli uylarning jami 600 kvadrat metr fasad qismi ta’mirdan chiqarildi.

Mazkur ishlar aholi yashash sharoitlarini yanada yaxshilash, uylarning tashqi ko‘rinishini tartibga keltirish hamda mahalla hududining obod va zamonaviy qiyofasini shakllantirishga xizmat qilmoqda.

Hududni obodonlashtirish va mavjud infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha amaliy ishlar bosqichma-bosqich davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 1