Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputatlari S. Ahmedov, I. Qalandarov va J. Quryazov Sharlovuq mahallasida hokim yordamchisi faoliyatini o‘rganib, aholi bandligi hamda kambag‘allikni qisqartirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
O‘rganish davomida mahallada ishsiz fuqarolarni ish bilan ta’minlash, kasb-hunarga o‘qitish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash natijasida kambag‘allik darajasi pasaygani qayd etildi. Shuningdek, mahalliy korxonalar va Damas avtomobil zavodi uchun ehtiyot qismlar ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan hamkorlikni kengaytirish orqali aholi bandligini yanada oshirish yuzasidan kelgusidagi vazifalar belgilab olindi. 🤝