Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi raisi – kotibiyat mudiri X. Sultonov "Muhabbat" mahallasida xotin-qizlar faoli faoliyatini o‘rgandi. O‘rganishda Kengash huzuridagi "Ekspert guruhi" mas’ul kotibi, kotibiyat bosh mutaxassisi P. Rahmanov ham ishtirok etdi.
Tahlil davomida xotin-qizlar bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va tibbiy ko‘riklarni tashkil etish borasida amalga oshirilgan ishlar ko‘rib chiqildi. Shu bilan birga, ajrimlar sonining oshgani hamda ayrim salbiy holatlar mavjudligi qayd etilib, ularning oldini olish bo‘yicha mas’ul tashkilotlar va deputatlar hamkorligini kuchaytirish yuzasidan takliflar bildirildi. 🤝